"O'zkimyosanoat" AJ

Kimyo sanoatida uskunalar samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish yoʻqotishlarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi

// 20.10.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kimyo-sanoatida-uskunalar-samaradorligini-oshirish-va-ishlab

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda “Kimyo sanoati korxonalarida tejamkor boshqaruv vositalari asosida uskunalar samaradorligini oshirish va yoʻqotishlarni kamaytirish” mavzusida seminar tashkil etildi.



Tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda kimyo sanoati korxonalari mutaxassislari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari hamda xorijiy ekspert ishtirok etdi.

Seminar Germaniyaning “Senior Expert Service” tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ekspertlik loyihasi doirasida oʻtkazilib, asosiy maqsad kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, texnologik uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlarni aniqlash va ularni kamaytirishga qaratilgan zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini oʻrganishdan iborat.



Tadbir davomida tejamkor boshqaruv tamoyillarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, uskunalarning samarali ishlashini taʼminlash hamda ishlab chiqarish jarayonlaridagi samarasizliklarni bartaraf etish masalalariga eʼtibor qaratildi.



Shuningdek, xorijiy ekspert bilan xalqaro tajriba va ilgʻor yondashuvlarni oʻrganish, ularni kimyo sanoati korxonalari faoliyatida qoʻllash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur seminar “Maxam-Chirchiq” korxonasida ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.