"O'zkimyosanoat" AJ

O'zA: Kiberxavfsizlik: firibgarlikdan qanday himoyalanish kerak?

// 15.08.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/kiberxavfsizlik-firibgarlikdan-himoyalanish

Bugun kunda internetdan foydalanishda kiberxavflardan ogoh bo‘lish har bir inson, ayniqsa, tashkilot xodimlari uchun muhim talablardan biriga aylanmoqda.
“O‘zkimyosanoat” AJ va Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan seminar-treningda mazkur masala yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. 

Unda internetda keng tarqalayotgan firibgarlik usullari, kiberhujumlarning oldini olish, shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish, shuningdek, raqamli muhitda xavfsiz harakatlanish qoidalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tadbirda mutaxassislar fishing hujumlari, soxta havolalar va zararli fayllar orqali amalga oshiriladigan hujumlar, shuningdek, turli kiberfiribgarlik sxemalari haqida ma’lumot berdilar. 
Xodimlarga shubhali havolalarni ochmaslik, manbasi noma’lum fayllarni yuklab olmaslik, akkauntlar uchun ishonchli parollardan foydalanish va ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish tavsiya etildi. Shuningdek, bank kartasi ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik zarurligi ta’kidlandi. 

Seminar davomida kiberhujum yoki shubhali holatga duch kelganda qanday harakat qilish kerakligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham o‘rtoqlashildi. 

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, kiberxavfsizlikni ta’minlashda zamonaviy himoya vositalari bilan bir qatorda, har bir xodimning hushyorligi, raqamli savodxonligi va kibergigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishi ham muhim ahamiyatga ega. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA