"O'zkimyosanoat" AJ

“Jamansay” karyeri ko'zdan kechirildi

// 24.11.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jamansay-karyeri-ko-zdan-kechirildi

Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori Jahongir Mustafayev mas'ullar bilan birgalikda korxonadan 250 km uzoqlikdagi “Jamansay” karyerida bo'ldi. 

Uchrashuvda ichlab chiqarish jarayonlari, avtomashinalar va texnikalar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek ishchi-xodimlar yashash joylari, ovqatlanish o‘rinlari, tibbiyot xonalari holati o'rganildi. Yanada qulaylik yaratish maqsadida korxona va kasaba uyushmasi tomonidan ishchilarga maishiy texnikalar to‘plami topshirildi. 

Xodimlarning murojaat va takliflari o'rganilib, ularni ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati