"O'zkimyosanoat" AJ

Jahon kimyo sanoati yangiliklari: flippinlik olimlar termosezgir polimerlarni olishning yangi usulini ishlab chiqishdi

// 22.10.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jahon-kimyo-sanoati-yangiliklari-flippinlik-olimlar-termosez

Filippinning Diliman universiteti kimyogarlari harorat oʻzgarishi bilan oʻz xususiyatlarini oʻzgartiruvchi issiqlikka sezgir polimerlarni  olishning arzon usulini ishlab chiqdi. Ushbu polimerlar tibbiyot uchun muhim - ular dori vositalarini yetkazib berish, toʻqimalarni tiklash va gen terapiyasida qoʻllaniladi.

Polimerlarni sintez qilishning mavjud usullarini nazorat qilish qiyin boʻlib, bu ularning samadorligini kamaytiradi.  Filippinlik olimlar RAFT polimerizatsiya usulidan ikkita monomer yaʼni, dietilenglikolmetakrilatning metil efiri (Degmema) va metilmetakrilat (MMA) bilan haroratga sezgir polimerlarni olish uchun foydalanishdi. Ular erituvchi sifatida esa atrof-muhitga kamroq zarar yetkazuvchi ionli suyuqlikdan foydalanishgan.

Ushbu usul polimer zanjirlarining uzunligini nazorat qilishga imkon yaratadi va xususiyatlarini yaxshilaydi. Yangi polimerlar biomoslashuvchan, yaʼni tana toʻqimalari bilan oʻzaro taʼsir qilish uchun xavfsiz boʻlib chiqdi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati