Indorama dunyodagi birinchi bioparaksiloldan tayyorlangan PET-idishlarni ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi
Indorama kompaniyasi Suntory, ENEOS, Mitsubishi va Neste kompaniyalari bilan hamkorlikda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun dunyodagi birinchi bio-PET idishni chiqaradi. Idish chiqindi yaʼni, ishlatilgan oʻsimlik yogʻidan olingan sertifikatlangan bio-paraksiloldan tayyorlanadi.
Noyabr oyidan boshlab Suntory asta-sekin bu turdagi qadoqlarni Yaponiya bozoriga kiritadi. Mazkur hamkorlik ichimliklar uchun moʻljallangan ushbu PET-idishlardan taxminan 45 million donasini sotuvga chiqarish imkonini beradi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati