"O'zkimyosanoat" AJ

Jaholatga qarshi ma'rifat

// 14.12.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/jaholatga-qarshi-ma-rifat

"Dehqonobod kaliy zavodi" AJda  "O‘zkimyosanoat"  AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar  Abdurahmonova, Dehqonobod tumani hokim o'rinbosari M.Yo'ldosheva va jamiyat ishchi-xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida ibratli videorolik qo'yib berildi, undan tashqari oilada farzand tarbiyasi, ularni yot g‘oyalardan himoya qilish, kitobxonlikka jalb etish ota-onalar zimmasidagi mas'uliyatli vazifa ekanligi aytib o'tildi hamda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash xususida so‘z yuritildi.

Davra suhbati so'ngida tarkibiy bo'linma va sexlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni murojaatlari, takliflari tinglandi va kelgusida yechimiga e'tibor qaratilishi ta'kidlab o'tildi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati