2013 yilning 9 oylik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1,25 trln. so'mlik mahsulot hamda 90,2 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi.
846,43 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 648,57 ming tonna azotli o'g'itlar, 122 ming tonna fosforli o'g'itlar va – 75,86 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2013 yil yanvar-sentabr oylarida 270,6 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va prognoz 107,6% -ga bajarildi.
2013 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 136,66 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi
Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 141 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi va prognoz 120,4% -ga bajarildi.
229 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 71 ish o'rni yaratildi.
Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2013 yil yanvar-senntyabr oylari davomida 32,6 mlrd.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan: 1089,6 mln.so'mlik 78,6 ming tonna kompost tayyorlandi va sotildi, 162,4 ming tonna organik va 442,5 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 1137,5 ming gektar g'alla va 1285,5 ming gektar paxta maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.
“O'zkimyosanoat” DAK
matbuot xizmati