"O'zkimyosanoat" AJ

2014 yil yanvar-senyabr oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 23.10.2014
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/itogi20149

2014 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1479 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 140,7 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 129,5%) ishlab chiqarildi.

Sof holda 881,91 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 718,55 ming tonna azotli o'g'itlar, 101,72 ming tonna fosforli o'g'itlar va 61,64 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2014 yil yanvar-iyun oylarida 153,5 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 98,8 mlrd.so'm).

2014 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 58,12 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi va prognoz 101,1%-ga bajarildi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 143 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi (prognozga nisbatan 103,2%).

468 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 61 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2014 yil yanvar-sentyabr oylari davomida 36,8 mlrd.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan: 968,1 mln.so'mlik 69,8 ming tonna kompost tayyorlandi va sotildi, 163 ming tonna organik va 497,2 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 1135,6 ming gektar paxta va g'alla maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, 2 marotaba suspenziya hamda 1136,8 ming paxta maydonlarida defoliatsiya tadbirlari o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” DAK matbuot xizmati