2014 yilning yanvar-dekabr oylarida "O'zkimyosanoat” korxonalarida 2011.5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,8%) hamda 171,9 mlrd so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 109,7%) ishlab chiqarildi.
Sof holda 1212,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 979,24 ming tonna azotli o'g'itlar, 136,51 ming tonna fosforli o'g'itlar va 96,36 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2014 yil yanvar-dekabr oylarida 234,2 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 180,4 mlrd.so'm).
2014 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “Uzkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 184,5 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi va prognoz 100,8%-ga bajarildi.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 189 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi (prognozga nisbatan 101,3%).
594 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 70 ish o'rni yaratildi.
Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2014 yil yanvar-dekabr oylari davomida 44,9 mlrd.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan, 1333,4 mln.so'mlik 94,6 ming tonna kompost tayyorlandi va sotildi, 242,3 ming tonna organik va 613,6 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi.
237.5 ming gektar paxta va galla maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya hamda 1115,9 ming gektar paxta maydonlarida defoliatsiya tadbirlari o'tkazildi.
“O'zkimyosanoat” DAK matbuot xizmati