2017 yil yanvar-sentabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1866,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 107,3 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.
Sof holda 820,57 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 618,18 ming tonna azotli o'g'itlar, 91,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 110,94 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mahsulot eksportining prognozi 126,6%ga bajarildi.
2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 167,45 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi.
X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida tuzilgan shartnomalarga binoan 321,94 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati