"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining innovatsion mahsulotlari koʻrgazmasi boshlandi

// 25.07.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/innovatsion-rivojlanish-vazirligi-binosida-tashkillashtirilayotgan-uzkimyosanoat-aj-tarmoq-korxonalarining-innovatsion-mahsulotlari-kurgazmasi-boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son qaroriga muvofiq ilmiy tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani taʼminlash maqsadida joriy yilning may-oktyabr oylari davomida Innovatsion rivojlanish vazirligida iqtisodiyot tarmoqlari va sohaning ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu rejaga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida tashkillashtirilayotgan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining innovatsion mahsulotlari koʻrgazmasi boshlandi.

Koʻrgazma 2022-yilning  27-iyul kuniga qadar davom etadi.


Mazkur ko`rgazmada “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan so`nggi 5 yilda innovatsion loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari namoyishi, ilmiy yondashuvni talab etadigan loyihalar, korxonalar va ularning innovatsion faoliyati yuzasidan taqdimotlar o`tkazilmoqda.

 

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati