"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” DAK Innovatsiya yarmarkasi ishida faol qatnashdi

// 27.05.2015
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/innovaciya-yarmarkasi-ishida-faol-qatnashdi

“O'zkimyosanoat” DAK korxonalari  shu yil 19-21 may kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan VIII Respublika innovatsiya g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar  yarmakasi ishida faol ishtirok etdi.

Yarmarkaning kimyo sanoati  shu'basida kompaniya korxonalari tomonidan 2014 yilda o'zlashtirilgan va joriy yilda ishlab chiqarilishini rejalashtirilgan  mahsulotlar namunalari, 2015 yil innovatsiya loyihalari hamda “O'zkimyosanoat” DAK korxonalarining innovatsiya ehtiyojlari bo'yicha materiallar namoyish etildi.

Yahlangan yo'llarni erituvchi, mineral o'g'itlarning yopishqoqligiga qarshi va  quvvurlar ichini tozalash reagentlar, «POLYPAC-UZ» polimer reagenti, "FERFLEX"  kley, kaliy sulfati, murakkab azotli-fosforli-kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish texnologiyalar yarmarka qatnashchilarining katta qiziqishiga sabab bo'ldi.

Yarmarka davomida 1 518,0 mln. so'mlik 18 shartnomalar tuzildi.

Ushbu tadbir yakuni bilan “O'zkimyosanoat” DAK VIII Respublika innovatsiya g'oyalar, texnologiyalar va loyihar  yarmakasi ishida faol ishtirok etgani uchun faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

Toshkent Davlat texnik universiteti qoshidagi “Magistr” ilmiy –ishlab chiqarish muassasasi bilan hamkorlikda yaratilgan “Ammiakli selitraning yopishqoqligiga qarshi reagenti”  “Sanoat” nominatsiyasida eng yaxshi innovatsiya ishlanmasi deb topildi.

“O'zkimyosanoat” DAK matbuot xizmati