"O'zkimyosanoat" AJ

Ilmiy-intellektual forum davom etmoqda

// 27.05.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ilmiy-intellektual-forum-davom-etmoqda

Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot haftaligi doirasidagi “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi” davom etmoqda. 

Ishtirokchilarga forum, undan koʻzlangan maqsadlar, forum davomida boʻlib oʻtadigan tadbirlar haqida maʼlumotlar berilmoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmoni ijrosini taʼminlash, kimyo sanoati yosh mutaxassislarining malaka va tajribalarini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiya jarayonlarini kuchaytirish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu milliy forumda kimyogarlarning  bilim va malakalarini sinovdan oʻtkazish maqsadida  turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari, seminar-treninglar, rahbar va yoshlar uchrashuvlari hamda koʻngilochar tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.   

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati