"O'zkimyosanoat" AJ

Umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari hamajihatlikda tashkil etildi

// 21.08.2021
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/hashar2021

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etdi.

Jamiyat tarkibidagi barcha korxona-tashkilot xodimlar va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o'z xissalarini qo'shmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi bayrami oldidan o'tkazilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etildi hamda O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O'zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy hokimliklar, keng jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda joriy yilning avgust oyi yurtimizda “Mahallalarni obodonlashtirish oyligi”, deb belgilandi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati