"O'zkimyosanoat" AJ

Hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi

// 04.07.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/hamkorlik-yo-nalishlari-muhokama-qilindi

“Oʻzkimyosanoat” AJda Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi vakillari, Osiyo taraqqiyot bankining Janubiy Koreyalik mutaxassislari hamda “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJ mutasaddilari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Toshkent viloyati kimyo sanoatining bugungi holati va amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqboldagi loyihalar hamda “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJning faoliyat yoʻnalishi va roli haqida soʻz bordi. 

Shu bilan birga, Oʻzbekiston kimyo sanoatining xususiyatlari, ixtisoslashgan yoʻnalishlari va sohaning raqobatbardoshligini baholash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Tadqiqot va texnologiyalar natijalarini tijoratlashtirish tendensiyalari va texnologiyalar transferi ofislarining roli, mamlakatimizda shu jumladan, Toshkent viloyatida kimyo sanoatini rivojlantirish ishtirokchilar diqqat markazida boʻldi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati