"O'zkimyosanoat" AJ

"Maxam-Chirchiq" AJda “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

// 16.02.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/fc422c81-1e95-4c77-9e16-a73a7a97e0a2

"Maxam-Chirchiq" AJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov uchun jamiyat bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi g‘oyalari taqdim qilindi. 

Ishtirokchilarning loyihalarini baholashda loyihalarning o‘ziga xosligi va dolzarbligiga e’tibor qaratildi. 

Tanlov yakuniga ko‘ra:
1-o‘rinni Markaziy laboratoriya xodimi-I.Todjidinova;
2-o‘rinni Markaziy laboratoriya xodimi-Z.Abduraxmanova;
3-o‘rinni Texnik nazorat bo'limi xodimi-N.Abduxalikova;
4-o'rinni Nazorat o'lchov asboblari va avtomatika sexi xodimi-K.Valijonova egalladi. 

Tadbir so'nggida g'olib va sovrindorlarga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.

 "Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati