"O'zkimyosanoat" AJ

Faol xodimlar taqdirlandi

// 30.12.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/faol-xodimlar-taqdirlandi

«O‘zkimyosanoat» AJ markaziy apparatida joriy yil davomida o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashib, samarali mehnat qilgan, tashabbuskorlik va fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarni alohida e’tirof etish hamda rag‘batlantirish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida yil davomida erishilgan natijalar, amalga oshirilgan muhim loyihalar va jamoaning umumiy yutuqlari qayd etildi. 

Shuningdek, Jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Ushbu e’tirof va rag‘batlantirish xodimlarning mehnatini qadrlash, jamoada sog‘lom raqobat va motivatsiyani kuchaytirish, shu bilan birga kelgusi yillarda yanada yuqori marralarni ko‘zlashga undaydi. 

«O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati barcha xodimlarni samimiy tabrikladi va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.