"O'zkimyosanoat" AJ

“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA ERON ISLOM RESPUBLIKASI NEFT VAZIRINING OʻRINBOSARI AHMAD ASADZODA BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

// 12.09.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/eron-uchrashuv

“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi tomonidan, mamlakatning neft-kimyo sanoati korxonalari, mavjud mineral oʻgʻitlar va kimyoviy mahsulotlar, sohaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport va import salohiyati, shu bilan birga, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot ham oʻtkazildi.

Tadbir yakunida birgalikda ishchi guruh shakllantirib, neft-kimyo sanoati sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati