"O'zkimyosanoat" AJ

“Eng yaxshi yosh konchi” va “Eng yaxshi yosh ishlab chiqarish xodimi” aniqlandi

// 26.09.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/eng-yaxshi-yosh-konchi-va-eng-yaxshi-yosh-ishlab-chiqarish-x

Joriy yilning 25-26-sentabr sanasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “Eng yaxshi yosh konchi” hamda “Eng yaxshi yosh ishlab chiqarish xodimi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Jamiyatda intellektual salohiyatga ega yoshlarni kashf qilish va kelgusida ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra:

“Eng yaxshi yosh konchi” –  O‘rolov Dilmurod Alisherovich, Geologiya xizmati gidrogeologi; “Eng yaxshi yosh ishlab chiqarish xodimi” – Bozorov Elbek Xolmurodovich, Kaliy o‘g‘iti ishlab chiqarish 1-sexi, Yanchish, flotatsiya va konsentratni filtrlash qurilmasi apparatchisi g‘olib deb topildi.

Tanlov g‘oliblari Jamiyat tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati