"O'zkimyosanoat" AJ

EDCF dasturi doirasida malaka oshirish treningi davom etmoqda

// 27.03.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/edcf-dasturi-doirasida-malaka-oshirish-treningi-davom-etmoqd

“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan UzCCT loyihasi doirasida navbatdagi guruh mutaxassislari Koreya Respublikasiga malaka oshirish treningida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Mazkur trening EDCF dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi zamonaviy ilmiy-tadqiqot yondashuvlari, ilg‘or texnologiyalar hamda samarali boshqaruv tajribalarini o‘zlashtirish orqali mutaxassislar salohiyatini oshirishdan iborat.

Trening jarayonida ishtirokchilar ilg‘or ilmiy va sanoat markazlarida amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi. 

Shu bilan birga, dastur doirasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.