Bugun 23 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga qo'shimcha kirish imtihonlarining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda. Imtihonlar kimyo fanidan o'tkazilmoqda.
“O'zkimyosanoat” AJ kirish sinovlarini tashkil etish va o'tkazishda xodimlarni safarbar etdi.
Imtihonlar sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilingan holda o'tkazilmoqdi. Imtihonga kirishdan oldin har bir abiturientning harorati tekshirildi. Ayrim sabablarga ko'ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abiturientlar tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda zaxira kuni o'tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.
Abiturientlar bir martalik tibbiy niqob, ruchka va suv bilan ta'minlandilar.
Kimyo fani bo'yicha imtihonda D.I.Mendeleevning davriy jadvali va kalkulyator tarqatildi.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati