"O'zkimyosanoat" AJ

Doimiy ishsiz yoshlarga multikultivatorlar topshirildi

// 24.06.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/doimiy-ishsiz-yoshlarga-multikultivatorlar-topshirildi

Maʼlumki, “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlgan, ogʻir toifadagi yoshlar bilan ishlashda bir qancha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Jumladan, Jamiyatga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qilayotgan ogʻir toifadagi yoshlardan muntazam xabar olib turilib, ularning muammolarini tinglash, yechim topish, ruhan va moddiy qoʻllab-quvvatlash kabi xayrli ishlar olib borilyapti. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida ularning iltimoslari tinglangan edi.

Yoshlarning iltimoslari bosqichma-bosqich oʻz ijobiy yechimini topmoqda. Kuni kecha “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyati Parkent tumanining Ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 3-sektor shtabida mazkur tuman mahallalaridan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.  

Uchrashuv soʻngida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida  ularning bildirgan iltimoslari qanoatlantirilib, 3 nafar doimiy ishsiz yoshlarga dehqonchilik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun maxsus texnika – 3 ta multikultivator topshirildi. Bu, oʻz navbatida, ularning bandligini taʼminlashga va doimiy daromadga ega boʻlishlariga hissa qoʻshadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati