"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ homiyligida Konsoy qishlogʻiga elektr toki yetkazib berildi

// 19.12.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/dkz-elektr-toki

“Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan, yaqin-yaqingacha elektr toki yetib bormagan, aholisi esa asosan sham va boshqa yoritish qurilmalaridan foydalanib kun kechirayotgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining olis, elektr energiyasi tarmogʻidan 11 km uzoqlikdagi togʻli hududda joylashgan Konsoy qishlogʻiga 10 kV yuqori kuchlanishli havo liniyasi tortildi. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ homiyligida amalga oshirilgan loyiha doirasida qishloq hududiga transformator oʻrnatilib, elektr energiyasi isteʻmoli uchun 0,4 kV havo liniyasi qurilish ishlari yakunlandi. Elektr uzatish tarmogʻi uchun jami 160 dona  tayanch ustunlari oʻrnatildi.

Mazkur qishloq “Yangi Oʻzbekiston” MFYga qarashli boʻlib, 36 ta xonadonda 146 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishloqda yagona boʻlgan maktabda 48 nafar oʻquvchi tahsil oladi. Ushbu hayrli loyiha qishloq aholisiga quvonch, jajji bolalarning murgʻak qalbi-yu koʻzlariga baxtiyorlik ulashdi. Bu ishga maʻsul jamiyat xodimlari va aholi vakillari bilan boʻlgan suhbatda qishloq oʻqituvchisi R.Xurramov: “Qishlogʻimizga elektr toki yetib kelishi, bizning yorugʻ kunga qadam qoʻyishimiz”,- deya sham yorugʻidagi tunlar oʻrnini endi yorugʻ kun egallashini taʻkidladi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati