"O'zkimyosanoat" AJ

“Dehqonobod kaliy zavodi”ning "Yosh kitobxon xodimi" aniqlandi

// 28.06.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/dehqonobod-kaliy-zavodi-ning-yosh-kitobxon-xodimi-aniqlandi

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda yosh xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yanada kuchaytirish hamda kitob mutolaasini korxonada keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 1–bosqichi o‘tkazildi. Yosh soha vakillari 5 ta shart asosida o‘z bilimlarini namoyon qilishdi. Hakam hay’ati a’zolarining yakuniy baholash natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Nilufar Norqobilova, KO‘ICh 1-sexi taroziboni; 
2-o‘rinni Asilbek Ismoilov, Avtotransport sexi, Texnik hujjatlarni yuritish bo‘yicha texnik;
3-o‘rinni Ubaydulla Musulov, Bosh mexanika xizmati yetakchi muhandis-konstruktori qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning 2 – bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

G‘oliblar Jamiyat tomonidan rag‘batlantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 2 – bosqichi joriy yil iyul oyining ilk 10 kunligida “O‘zkimyosanoat” AJda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati