"O'zkimyosanoat" AJ

Dehqonobod kaliy zavodi mas'ullari Xorazm viloyatida

// 22.02.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/dehqonobod-kaliy-zavodi-mas-ullari-xorazm-viloyatida

Joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda kimyo sanoati korxonalari oldiga bir qator vazifalar berildi. Topshiriqlar ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida «O‘zkimyosanoat» AJ tizimi tomonidan belgilangan ish rejaga asosan amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, Jamiyat tizim korxonalari boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ masʼullari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Xorazm viloyatidagi omborlar va shoxobchalar uchun azotli, fosforli hamda kaliyli o‘g‘itlar zaxirasini yaratish, joylarda qo‘shimcha omborlar va shoxobchalar ochilishini tashkillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ulgurji savdolardan tashqari, mineral o‘g‘itga ehtiyoji bo‘lgan aholi tomorqalari uchun o‘g‘itlarning chakana savdolarini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari kelishib olindi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati