"O'zkimyosanoat" AJ

“Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatida tayinlovlar amalga oshirildi

// 16.07.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/dehqonobod-kaliy-zavodi-aksiyadorlik-jamiyatida-tayinlovlar-amalga-oshirildi

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 6 oylik natijalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi va yakunda yangi tayinlovlar amalga oshirildi. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisi Qurbonov Oybek Abdusattorovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan uni oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod qilindi va oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod qilingan Abdusattarov Shukurxon Gayratovich oʻrniga  “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisining transport va logistika masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

 “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib Usarov Raxmat Shoazimovich tayinlandi. Bunga qadar Raxmat Shoazimovich  “Oʻzkimyosanoat” AJning Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida joylashgan, Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonasi hisoblanadi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati