"O'zkimyosanoat" AJ

Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda

// 04.08.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/davlatimiz-mustaqilligining-35-yilligi-munosabati-bilan-obod

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani "Ayridevol" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib va ko‘tarinki ruhda nishonlash hamda "Kambag‘allikdan – farovonlik sari" dasturi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.



Mahallada ko‘chalar, aholi xonadonlari hamda jamoat joylarida ommaviy hasharlar tashkil etilib, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ mas’ullari tomonidan aholi tomorqalari va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganilib, sug‘orish va elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar samaradorligi tahlil qilinmoqda.



Shu bilan birga, ko‘chalar, ariqlar va ijtimoiy soha ob’yektlarini tartibga keltirish ishlari kuchaytirilmoqda;



Bunday ezgu ishlar mahalla ahlining faol ishtiroki va hamjihatligida amalga oshirilib, hududlarni yanada obod va fayzli qilishga xizmat qilmoqda.