D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filiali talabasi “Uzbekistan GTL” stipendiyasi sohibasi bo'ldi.
23-yanvar kuni “Uzbekistan GTL” stipendiya dasturi goʻliblarini taqdirlash marosimi boʻldi. Ahamiyatlisi, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent filiali 3-bosqich talabasi Durdona Muxtorxoʻjayeva “Texnologiyalar” yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan GTL” stipendiyasi sohibasi boʻldi.
Universitetning 3-bosqich talabasi Zuhra Mahkamova, 4-bosqich talabalari Aliya Tagayeva va Muhammad Akromovlarning tanlovdagi faol ishtiroki alohida e'tirof etildi. Ularga “Uzbekistan GTL” zavodida amaliyot oʻtash imkoniyati beriladi.
“O‘zkimyosanoat” AJ D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent filiali talabalarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaydi.