"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbar va xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbiri o'tkazildi.

// 13.07.2021
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/covid-emlash

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbar va xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbiri o'tkazildi. Tashkilot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashda ZF-UZ-VAC 2001 nomli Xitoy-O'zbek vaktsinasidan foydalanildi.

Mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlardan biri fuqarolarni koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari hisoblanadi. Bu jarayonda mutaxassislar emlashning afzalliklari, uning inson salomatligi uchun ahamiyati borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ayni kungacha mamlakatimizda jami 4 996 862 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan:

Shu kungacha to'liq emlangan fuqarolar 921 623 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 nomli koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) Xitoy-O'zbek vaktsinasi tibbiyot amaliyotida qo'llash uchun davlat ro'yxatidan o'tkazilgan edi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati