"O'zkimyosanoat" AJ

"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga "O‘zkimyosanoat" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar vakillari tashrif buyurdi.

// 26.06.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/chirchiq-kimyo-industrial-texnoparkiga-o-zkimyosanoat-aj-tar

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad texnopark rezidentlarining ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini o‘rganishdan iborat.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari korxonalarning texnologik jarayonlari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishib, o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Bunday amaliy tashriflar kimyo sanoati korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi, shuningdek, hamkorlikning yangi yo'nalishlarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi.