"O'zkimyosanoat" AJ

Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining faolligi oshirildi

// 05.02.2021
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/chemistry-school

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash” markazi bilan hamkorlikda jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 173-umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida “Biznes marafon” o'tkazildi.

“Biznes marafon” yoshlar o'rtasida biznesni rivojlantirish maqsadida tashkillashtirildi. Marafon davomida “O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash” markazi departament boshlig'i Alisher Akmaljonov tadbirkorlikni boshlash, uni rivojlantirish, tegishli normativ-huquqiy hujjatlardan to'g'ri foydalanish va amalga oshirish mexanizmlari haqida to'xtalib o'tdi. Tadbir davomida faol ishtirok etgan hamda kreativ taklif bergan o'quvchilar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Tadbir so'nggida o'z biznesini boshlagan hunarmand qizlarning ishlari bilan tanishib chiqildi. Yoshlar bilan suhbat o'tkazildi va yosh tadbirkorlarning biznesini rivojlantirishga yaqindan ko'mak berish ta'kidlab o'tildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati