"O'zkimyosanoat" AJ

POLSHANING “CENZIN” KOMPANIYASI BILAN USHRASHUV OʻTKAZILDI

// 30.03.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/cenzin

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Polshaning import va eksport bilan shugʻullanuvchi “CENZIN” kompaniyasi Prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Vardak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “CENZIN” kompaniyasi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kimyo maxsulotlariga nafaqat Polshada balki Yevropa, Afrika hamda Janubiy Amerika mamlakatlarida ham qiziqish va talab yuqori ekanligi maʼlum qilindi. Qolaversa, kompaniya sanoat uchun zarur boʻlgan texnik uskunalar va butlovchi qismlarni xorijiy davlatlardan yurtimizga keltirib berish boʻyicha ham oʻz takliflarini bidirdi. Uchrashuv davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “CENZIN” kompaniyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati