"O'zkimyosanoat" AJ

Amerika-O'zbekiston savdo sanoat palatasi raisi Kerolin Lemm “O'zkimyosanoat” AJga tashrif buyurdi

// 20.12.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/carolyn-lemm

Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “White & Case LLP” kompaniyasining katta boshqaruvchisi, Amerika-O'zbekiston savdo sanoat palatasi raisi Kerolin Lemm bilan muzokaralar o'tkazildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 3 aprelidagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini muhokama qildilar.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati