"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ “Çalık Enerji Sanayi ve Ticaret A.Ş.” turk kompaniyasi bilan Memorandum imzoladi

// 19.05.2020
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/calik-enerji

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “Çalık Enerji Sanayi ve Ticaret A.Ş.” turk kompaniyasi bilan hamkorlikda kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish to'g'risida Memorandum imzoladi.

Memorandum doirasida qo'shma korxona tashkil etish orqali O'zbekiston Respublikasi hududida “Metanol asosida keng mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Lineykalik alkilbenzol ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, “Çalık Enerji Sanayi ve Ticaret A.Ş.” kompaniyasi rahbari Ozgur Sarikaya bilan videokonferetsiya o'tkazildi. Videokonferentsiya davomida ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi va ish jadvali kelishib olindi.

Investitsiya miqdori 458,6 mln. dollarni tashkil etadi. Loyihalarni amalga oshirish natijasida 1425 mlrd. so'mlik yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi va 135 ta yangi ish o'rni yaratiladi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati