"O'zkimyosanoat" AJ

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda “Ko'kalamzorlashtirish oyligi”ning ilk tadbiri tashkil etildi

// 02.03.2020
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/brz-environment

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida joriy yilning mart oyi “O'zkimyosanoat” AJ tizimida “Ko'kalamzorlashtirish oyligi” deb e'lon qilindi.

Loyiha doirasida “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi tarmoq korxona va tashkilotlar tomonidan daraxt va manzarali ko'chatlar ekish belgilangan. Ko'chat ekish tadbirlaridan biri joriy yilning 1 mart kuni Toshkent viloyatning Angren shahrida joylashgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda o'tkazildi.

Tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi o'rinbosari Ye.Korjikov, korxonalar tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar, mas'ul xodimlar hamda ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.

“Birinchi rezinotexnika” MChJ tomonidan 1000 dona daraxt va 300 dona manzarali ko'chatlar ekildi.

Ko'lamzorlashtirish tadbiri bayram dasturiga ulanib ketdi. Korxona mehnat qilayotgan barcha xodimlar bir dasturxon atrofida jam bo'lishdi. O'z mehnatlari natijasida bunyod bo'lgan bog', keyingi bahor ayyomlarida o'z maxsulini berib, ishchi-xodimlarning sevimli dam olish maskaniga aylanadi. 

“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan atrof-muhit himoyachisi bo'lgan yashil hududlarni yanada kengaytirishga qaratilgan mart oyi davomida o'tkaziladigan “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasi doirasida tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan 60 mingdan ortiq daraxtlar va 80 mingdan ortiq manzarali ko'chatlar hamda gullar ekilishi rejalashtirilgan.

Loyiha “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 16 ta yirik va o'rta kimyoviy korxonalari tomonidan mart oyi davomida o'tkaziladi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati