"O'zkimyosanoat" AJ

Yosh kimyogarlar D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurdi

// 04.05.2021
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/branch-visit

Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarning D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialiga tashrifi tashkil etildi.

Tadbir avvalida olimpiada g'oliblari bilan Filial talabalari uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda so'z olgan akademik A.Jalilov 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va mamlakatimizda kimyo faniga qiziquvchi yoshlar safi kun sayin kengayib borayotganligidan mamnunligini ta'kidlab o'tdi.

2021 yil 20-26 aprel kunlari 28 ta davlat o'quvchilari o'rtasida onlayn tarzda o'tkazilgan 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi O'zbekiston sharafini 7 nafar o'quvchi himoya qilib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy olganini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Yakuniy natijalarga ko'ra, Vatanimiz sharafini himoya qilgan o'quvchilar 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallar bilan taqdirlandi.

Olimpiadada Ruminiya, Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Bolgariya, Isroil, Xorvatiya, Vengriya, Saudiya Arabistoni, MDH mamlakatlari va boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz o'quvchilari Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida so'nggi uch yil davomida oltin medal bilan taqdirlanishmoqda. Bu yilgi oltin medal esa ilk marotaba maktab o'quvchisi tomonidan qo'lga kiritildi.

Bu kabi iqtidorli yoshlar safini kengaytirishga xizmat qiladigan universitet O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi “Toshkent shahrida “D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi filialini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-4352-sonli qaroriga muvofiq Toshkent shahrida 2019-2020 o'quv yilidan boshlab D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi filiali faoliyat ko'rsatishni boshladi.

Kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, universitet bilan kelishilgan olgan holda, Filial bakalavr va magistratura yo'nalishlari bo'yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filialida yoshlar kunduzgi ta'lim shakli quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqda:

Tadbirdan so'ng olimpiada g'oliblari bo'lgan iqtidorli yoshlar D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Filial zamonaviy o'quv-laboratoriya jihozlari, kutubxona fondi, kompyuter va boshqa o'quv jihozlari, sport majmuasi, yashash uchun barcha sharoitlarga ega talabalar turar joyi bilan ta'minlanganligi yoshlarda katta taassurot uyg'otdi.

Tadbir so'nggida 55-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi g'oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati