"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘ZKIMYOSANOAT” AJ BOLALARGA QUVONCH ULASHDI

// 18.03.2022
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/bolalar-ftiziatriya-sihatgohi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17- fevraldagi “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bolalar ftiziatriya sihatgohida Navro`z bayrami munosabati bilan hayriya tadbiri o`tkazildi.

Bayram dasturi doirasida tashkillashtirilgan sumalak, palov, bayramona dasturxon, madaniy tadbirlar va maxsus sovg’alar bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Sihatgohning iqtidorli o`g’il-qizlari tomonidan tayyorlangan ajoyib raqs, she’r va qo`shiqlar esa barchani xursand qildi.

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

 


Tadbirdan fotosuratlar: