O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida "Ammofos-Maxam" AJda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda bir qator mutasaddi tashkilot rahbarlari, huquqshunoslar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Seminarda xotin-qizlarni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga doir muhim qonun hujjatlari ijrosi batafsil muhokama qilindi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan zo‘ravonlikka qarshi jamoatchilik ongini shakllantirishda faollikni oshirish, reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish va huquqiy madaniyatni rivojlantirish borasida bir qator takliflar ilgari surildi.
Tadbir yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati