"O'zkimyosanoat" AJ

“Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

// 05.12.2024
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/biz-zo-ravonlikka-qarshimiz-mavzusida-davra-suhbati-tashkil-

BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni” sifatida belgilangan. 

Shunga koʻra, yurtimizda 25-noyabrdan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kampaniyasi oʻtkazilmoqda. 

Kampaniya doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Matluba Qahhorova hamda Ijtimoiy himoya Milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori Muqaddam Rasulova yurtimizda ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik va taziyiqlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil toʻxtalib oʻtishdi.  


Xususan, soʻnggi yillarda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, onalar va bolalar huquqlarini muhofaza qilish yoʻnalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati xususida soʻz bordi. 

Shuningdek, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, mamlakatimizda inson manfaatlari ustunligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar zamirida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish yoʻnalishidagi ishlar tahlil qilindi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati