"O'zkimyosanoat" AJ

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 21-sentabr sanasidagi savdo yakunlari

// 22.09.2023
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birja20230921

 

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 21-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali jami 7,438.0 tonna 30,695.2 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich past bo’lgan, ya’ni 20-sentabr kuni 29,465.2  mln so‘mlik 6,754.0 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, kaliyli o‘g‘itlar, superfosfat azot-fosforli o‘g‘it kabi mahsulotlar qo‘yildi. Savdoga qo‘yilgan mineral o‘g‘itlardan ammofos eng ko‘p sotilgan mahsulot bo‘lib, sotuvning 37,5 foizini tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o‘g‘itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo‘llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid, kalsinatsiyalangan soda, azot kislotasi va suyuq kislorod kabi bir qator kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo‘yib boriladi. 21-sentabr kuni jami 5,951.9 mln so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlar sotildi. O‘tgan kuni bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 20-sentabr kuni 8, 901.5 mln so‘mlik boshqa turdagi kimyo mahsulotlari sotilgan. Sotuvning asosiy qismini, ya’ni 43,2 foizini kalsinatsiyalangan soda mahsuloti tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O‘zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo‘yicha taklif va e’tirozlaringiz bo‘lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati