"O'zkimyosanoat" AJ

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining savdo yakunlari

// 16.04.2020
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birja20200415

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosi yakuni bo'yicha kunlik ma'lumotlarni taqdim etadi.

Joriy yilning 15 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8253 tonna  16764 mln. so'mlik tovar resurslari sotildi, 14 aprel sanasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 27663 mln. so'mlik 14644 tonna tovar resurslari sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ, “Maxsam-Chirchiq” AJ, “Farg'onaazot” AJ, “Ammafos-Maxsam” AJ, “Samarqand NPK” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, NPK-S (Ca,Mg,Fe), kaliyli, NPK (5:14:14), nitrokaltsiy-fosfat (NKFU) mahsulotlari qo'yildi. Ammiakli selitra va karbamid eng ko'p sotilgan mahsulotlar sarasiga kiradi. Haridorlarning asosiy qismini paxta va g'alla yetishtiruvchi klaster va fermer xo'jaliklari tashkil etdi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid va kaltsiyalangan soda kabi 100 ga yaqin kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati