"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining savdo yakunlari doimiy berib boriladi

// 15.04.2020
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/birja20200414

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati endilikda O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o'z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosi yakuni bo'yicha kunlik ma'lumotlar to'g'risida ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berib borishini ma'lum qiladi.

Joriy yilning 14 aprel kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 14644 tonna 27663 mln. so'mlik tovar resurslari sotildi, 13 aprel sanasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 35576 mln. so'mlik 17534 tonna tovar resurslari sotilgan.

Birja savdolariga tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ, “Maxsam-Chirchiq” AJ, “Farg'onaazot” AJ, “Ammafos-Maxsam” AJ, “Samarqand NPK” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan ammiakli selitra, karbamid, sulfat ammoniy, ammofos, PS-Agro, NPK-S (Ca,Mg,Fe), kaliyli, NPK (5:14:14), nitrokaltsiy-fosfat (NKFU) mahsulotlari qo'yildi. Ammiakli selitra va karbamid eng ko'p sotilgan mahsulotlar sarasiga kiradi hamda umumiy sotilgan mahsulotlarning salkam 90 foizini tashkil etadi. Haridorlarning asosiy qismini paxta va g'alla yetishtiruvchi klaster va fermer xo'jaliklari tashkil etadi. Bu mahsulotlarga bo'lgan talabning ortishi yurtimizda ekin ekish mavsumi jadal suratlarda olib borilayotganligi bilan izohlanadi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan mineral o'g'itlardan tashqari bugungi kun sanoatida keng qo'llanilayotgan PVX, kaustik soda, formalin, natriy gipoxlorid va kaltsiyalangan soda kabi 100 ga yaqin kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Ular ham doimiy ravishda birja savdolariga qo'yib boriladi.

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi “O'zkimyosanoat” AJ savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar savdosi bo'yicha barcha ma'lumotlarni www.uzkimyosanoat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi https://t.me/uzkimyosanoat va https://www.facebook.com/uzkimyosanoat/ rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa, (78) 140-74-48 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 “O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati