"O'zkimyosanoat" AJ

Bir haftada bir kitob: Migel de Servantes - “Don Kixot”

// 13.03.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/bir-haftada-bir-kitob-migel-de-servantes-don-kixot

“O‘zkimyosanoat” AJ kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada — bir kitob” ruknini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu rukn orqali jamiyatning elektron kutubxonasida jamlangan o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalarini mutolaa qilishingiz mumkin.
 
Bugun jahon adabiyotining eng nodir asarlaridan biri Migel de Servantes qalamiga mansub “Don Kixot” romanini tavsiya qilamiz.
 
Ispan adibi Migel de Servantesning qahramoni Don Kixot yozuvchining oʻzidan ham mashhur, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻz davrining mashhur ritsarlik romanlariga parodiya tarzida yozilgan “Don Kixotning sarguzashtlari” asarida reallik ulugʻlanadi. Bu boqiy kitob yaratilganidan soʻng ritsarlik romanlarining umri tugab, realistik nasrga keng yoʻl ochildi. 
 
Don Kixot sermubolagʻa ritsarlik romanlari mutolaasiga mukkasidan ketib, axiyri oʻzi ham sarguzashtlar ishtiyoqiga tushib qoladi. U dunyoni, oʻz davri va hayotini tubdan oʻzgartirishni istaydi. Bu yoʻldagi urinishlari esa chappasiga aylanib, kitobxonda beixtiyor kulgi uygʻotadi. 
 
“Savobli” saʼy-harakatlari oxir-oqibatda yomonlikka xizmat qiladi. Shu maʼnoda Don Kixot ezgulikning omadsiz kurashchisidir.
 
Kitobni elektron tarzda o'qish uchun: https://t.me/uks_digital_library/726