"O'zkimyosanoat" AJ

“Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o'tkazib boriladi

// 31.03.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/avtomobilsiz-kun-avtomobilsiz-hafta-aksiyalari-o-tkazib-bori

Prezident farmoni bilan 2026 yil 1 maydan har oyning 10 va 25 sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o'tkazib boriladi. Bunda:

2026 yil 1 avgustdan “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

2026 yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishi ta’minlanadi.

2026 yil 1 apreldan chang bo‘ronlarining oldini olish uchun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etish boshlanadi.