"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar laboratoriyalarining texnik va uslubiy ta'minoti tahlil qilindi

// 09.12.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/ammofos-maxam-lab

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar qoshidagi laboratoriyalarning texnik va uslubiy ta'minotini o'rganish bo'yicha tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligini, sifatini va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida “Ammofos-Maksam” AJ laboratoriyalarining texnik va uslubiy jihozlar bilan ta'minlanganligi bo'yicha maxsus o'rganish tashkil etildi.

Ishchi guruhning asosiy vazifalari tarmoq korxonalarining laboratoriyalarini tanqidiy o'rganish, sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish, korxonalar laboratoriyalarini texnik qayta jihozlash bo'yicha takliflar tayyorlashdan iborat.

O'rganish natijasida Ishchi guruh tomonidan “Ammofos-Maksam” AJ laboratoriyalarining texnik va uslubiy jihozlar bilan ta'minlanishini yanada rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Ushbu o'rganish “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv kengashi tomonidan tasdiqlagan jadvalga muvofiq tashkil etilgan bo'lib, o'rganishlar natijasida laboratoriyalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi hamda korxonalar faoliyati yanada yaxshilanadi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati