"O'zkimyosanoat" AJ

2034-yilga qadar biopolimer plyonkalari jahon bozori 14 milliard dollargacha oʻsishi mumkin

// 16.09.2025
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2034-yilga-qadar-biopolimer-plyonkalari-jahon-bozori-14-mill

2024-yilda biopolimer plyonkalari jahon bozori hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etdi. Prognozlarga koʻra, u 2025-yilda 6,91 milliard dollardan 2034-yilga kelib 14 milliard dollargacha oʻsishi mumkin. Ushbu davr mobaynida oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 8,2%ni tashkil etadi, deya prognoz qilmoqda Precedence Research agentligi.

Osiyo-tinch okeani mintaqasi yetakchi pozitsiyani egallab, bozordagi ulushi 33%ni tashkil qilmoqda. Mintaqadagi asosiy ishtirokchi Yaponiya hisoblanadi. Agentlik joriy yilda Osiyo-tinch okeani mintaqasi bozorini 2,28 milliard dollarga baholagan. 2034-yilga kelib, u har yili oʻrtacha 8,36% ga oshib borishi hisobiga 4,71 milliard dollargacha oʻsishi mumkin.

Shimoliy Amerika esa qatʼiy davlat nazorati va innovatsiyalar tufayli mazkur turdagi plyonkalar uchun eng tez oʻsuvchi mintaqalardan biriga aylanishi kutilmoqda. Hozirda ushbu mintaqaning jahon bozoridagi ulushi 29% ni tashkil etadi. 24% ulush bilan Yevropa uchlikdan oʻrin olgan.

Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq hamda Afrika davlatlarining bozordagi ulushi mos ravishda 9% va 5% ni tashkil etmoqda. Hisobotga koʻra, 2024-yilda material turlari boʻyicha poliaktiddan tayyorlangan plyonkalar bozordagi eng katta ulush — 30%ni egallagan. Qoʻllash sohalari boʻyicha esa qadoqlash segmenti 45% bilan yetakchi boʻldi. Yakuniy isteʼmol tarmoqlari orasida esa eng katta ulush, yaʼni  38% oziq-ovqat va ichimliklar segmentiga toʻgʻri keldi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati