"O'zkimyosanoat" AJ

“Oʻzkimyosanoat” AJ ishtirokida xalqaro ilmiy haftalik oʻtkazilmoqda

// 20.05.2026
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/20260520-1

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot – 2026” xalqaro ilmiy haftaligi oʻtkazilmoqda. Tadbir yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, innovatsion kimyoviy texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlariga bagʻishlangan.

Ilmiy haftalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston ekologik partiyasi hamda qator xalqaro universitet va sanoat korxonalari hamkorligida oʻtkazilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi ishtirok etib, sohada yashil texnologiyalarni joriy etish, innovatsion ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash va ilm-fan hamda sanoat integratsiyasini kuchaytirish masalalariga alohida toʻxtaldi.

Tadbirda chet el olimlari, professorlar, ekspertlar hamda sanoat vakillari ishtirok etmoqda.

Ilmiy haftalik doirasida poster sessiyalari, sanoat koʻrgazmalari va xalqaro uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Forum va konferensiyalarda yashil kimyo, nanotexnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya, chiqindilarni boshqarish, biotexnologiyalar va raqamli texnologiyalarga oid dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.