"O'zkimyosanoat" AJ

2019 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida

// 05.04.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2019-yilning-yanvar-mart-oylarida-uzkimyosanoat-azh-korhonalari-faoliyati-natizhalari-tugrisida

2019 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1636,8 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 120,6%ni tashkil qildi.

Sof holda 334,96 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 252,17 ming tonna azotli, 37,77 ming tonna fosforli va 45, 02 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 1276,5 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 681,7 ming tonnasi sotildi.