"O'zkimyosanoat" AJ

2018 yil yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 15.01.2019
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2018-yil-yakunlari-buyicha-uzkimyosanoat-azh-korhonalari-faoliyati-tugrisida

2018 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 4,17 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi.

Sof holda 1170,77 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 847,98 ming tonna azotli o'g'itlar, 140,38 ming tonna fosforli o'g'itlar va 182,41 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Yil yakuni bilan birja savdolarida 884,66 ming tonna mineral o'g'itlar sotildi.

Mahsulot eksportining prognozi 100%ga bajarildi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish prognozi 107.6%ga yoki 260,8 mlrd. so'mga kamaytirildi.

Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 466,9 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi.

1242 yangi ish o'rni yaratildi, shu jumladan 15 si kasanachilik asosida.

 

 “O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati