"O'zkimyosanoat" AJ

2016 yilning yanvar-sentabr yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 22.12.2016
https://uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/2016-yilning-yanvar-sentyabr-yakunlari-buyicha-uzkimyosanoat-azh-korhonalari-faoliyati-tugrisida

2016 yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik  jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 1,9 miliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi, mahsulot ishlab chiqarish 106,5 foizga o'sdi.

Joriy yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda 994,05 ming tonna mineral o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Joriy yil boshidan buyon «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimida Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 275,7 million AQSh dollari o'zlashtirilgan, o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi prognozga nisbatan 100,1 foizni tashkil qildi.

Joriy yilning 9 oyida «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalarda kimyo mahsuloti ishlab chiqarishga sarflangan harajatlar miqdori 219,4 miliard so'mga kamaydi (102,0 foiz).